Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga davlat granti uchun tavsiyanomaga talabgorlar hujjatini 30-maydan 8-iyunga qadar xotin-qizlar.uz platformasi orqali qabul qiladi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratiladi.
Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ushbu tavsiyanomalarga talabgorlarning hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinishini ma’lum qildi.
Tavsiyanoma olishga talabgorlar:
Ma’lumot uchun, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.