Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Oila- muqaddas dargoh. Oilada yuksak ma’naviy muhitni tashkil etish juda muhim. Bunda oila a’zolarining, ayniqsa, er-xotinning o‘zaro murosa-madoraga borishi, g‘azabi kelganda uni yengishi va shirin so‘zli bo‘lishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni ko‘chaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.                                                           

To‘raqo‘rg‘on tuman Isvaxon madaniyat markazida tuman hokimi Axrorjon Mansurov, hokim o‘rinbosari Feruza Soliyeva, tuman yarashtirish komissiyasi a’zolari tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan 8 ta oila muhokama etildi. 

Jumladan: 
❇️ 5 ta oila yarashtirildi.  
❇️ 2 ta oilaga muhlat berildi.
❇️ 1 ta oilani masalasi tuman FXDYO bo‘limiga havola qilindi.

Mahallalarda mahalla faoli tashkil topgandan buyon, oilalardagi muhitni barqarorlashtirish, ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish borasida salmoqli o‘zgarishlar bo‘ldi. Tuman yarashtirish komissiyasi sa’y-harakatlari bilan ko‘plab oilalar ajrimdan saqlab qolindi. Zero, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta bo‘ladi. Baxtli oilalar tufayli baxtiyor jamiyat shakllanadi. Chunki o‘zaro mehrli bo‘lgan ota-onalarning farzandlari ham bir-biriga mehribon bo‘ladi.