Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Ayni damda Pop tumanining 4-sektor olis, tog‘lik hududi bo‘lgan Chodak qishlog‘i Qo‘shminor mahallasida "Ekvatorial Chodak" MCHJ tomonidan umumiy qiymati 7,5 milliard so‘m bo‘lgan tikuvchilik korxonasi o‘z ish faoliyatini boshladi.

 

Mazkur korxonaning ishga tushirilishi natijasida hududdagi "Temir daftar", "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari" ro‘yxatida bo‘lgan 200 nafar aholi yangi ish o‘rni bilan ta’minlandi.

Tikuvchilik korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 244-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chodak qishlog‘ining mavjud mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish hamda aholi bandligi, daromadlarini oshirish bo‘yicha Pop Kon metallurgiya va Kasb-hunar kolleji binosining bir qismi negizida amalga oshirildi.

Ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov barcha yig‘ilganlarni va loyiha tashabbuskorlarini tabriklab muhtaram yurtboshimiz boshchiliklarida amalga oshirilayotgan islohotlarimizning barchasi inson qadrini ulug‘lashga qaratilganligini ta’kidlab o‘tdi. 

Bugungi kunga qadar korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan jami 7,5 milliard so‘m mablag‘lar sarf etilib, 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi hamda bugungi kunda ishchilarni qabul qilish davom ettirilmoqda.  

Korxona to‘liq ishga tushirilishi orqali yillik 400 ming dona tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 70 foizini Yevropa mamlakatlariga eksport qilinishi va 30 foizini ichki bozorlarga sotilishi rejalashtirilmoqda.