Jamiyatning asosiy tayanchi bu — oila. Oilada maʼnaviy muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasidagi masʼuliyat, milliy qadriyatlarni singdirish va qator tashabbuslarda faol, shijoatli va tashabbuskor ayollarning oʼrni bor. Bu haqda hattoki Davlatimiz rahbari 8 mart bayrami munosabti bilan xotin-qizlar tabrigida aynan obroʼ-eʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilishni taklif etib: “Bu harakat tom maʼnoda «mahallaning vijdoni»ga aylanishi kerak. Chunki, maʼrifatli jamiyatni maʼrifatli onalarsiz qurib boʼlmaydi. Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni oila, onalar maʼnaviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur. Hech bir ona farzandining kelgusida baxtsiz boʼlishini istamaydi. Prezidentimiz muhtarama onaxonlarimizga alohida murojaat qilgandilar. Bugun biz Vatanning shon-shuhratini yuksaltiradigan tarixiy davrga qadam qoʼygan ekanmiz, Sizlar farzandingizning qalbiga ulugʼ maqsadlarni, ezgu gʼoyalarni singdiring, buyuk orzularni joylashga intiling. Maqsadimiz — har bir oila, xonadon va mahalla mana shu ulugʼ harakatning markaziga aylansin»,- deb taʼkidlab oʼtgan edilar.
875Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik tufayli Buxoro viloyati Olot tumanidagi koʻplab xotin-qizlarning ham yillar davomida toʻplanib qolgan muammolari yechimini topmoqda. Xususan, oʻz muammolari bilan roʻyxatga olingan xotin-qizlarning hunar oʻrganib, yoqtirgan kasblarini mukammal egallamoqchi boʻlgan, kasbini rivojlantirishni xohlaganlarning bandligi taʼminlanmoqda. Bu boradagi amaliy ishlar bilan tanishi maqsadida navbatdagi manzil Olot tumani boʻldi.
903O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘tgan ushbu videoselektorda ZOOM platformasi orqali viloyat boshqarmalari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining viloyatlardagi boshqarmalari mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.
1394Jamiyatimizda ayollar manfaatlarining himoya qilinishi, shuningdek, ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatilishini taʼminlanish uchun “Ayollar daftari” yuritilmoqda. Mazkur daftar ishsiz va yordamga muhtoj barcha xotin-qizlarning ehtiyojlarini taʼminlashga xizmat qiladi hamda ularning turmush tarziga bevosita ijobiy taʼsir koʻrsatadi. “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolari tizimli hal etilmoqda hamda ularning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari yechimini topmoqda.
2651Darhaqiqat, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida islohotlar izchillik bilan olib borilmoqda. Aynan mazkur islohotlar amalga oshirilishi doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi. Bu oʻz oʻrnida, iqtisodiyotni yanada oʻstirish, xalq farovonligini oshirish borasidagi vazifalarni hal etishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
809Davlat va jamiyat hayotida xotin-qizlarning ishtirokini hamda tashabbuskorligini yanada oshirish, oila institutini mustahkamlash tobora dolzarblik kasb etib bormoqda. Shu nuqtai nazardan keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va oilalar muammolari bilan ishlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
878Ayni damda Pop tumanining 4-sektor olis, tog‘lik hududi bo‘lgan Chodak qishlog‘i Qo‘shminor mahallasida "Ekvatorial Chodak" MCHJ tomonidan umumiy qiymati 7,5 milliard so‘m bo‘lgan tikuvchilik korxonasi o‘z ish faoliyatini boshladi.
864Davlatimiz rahbarining 2022 yil 7 martdagi PF 87-son farmoni bilan qabul qilingan "2022-2026 yillarda xotin qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dasturning 60-bandi ijrosini taʼminlash, xotin-qizlar o'rtasida sportni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida haftaning har shanba kuni tongda Xotin-qizlar ishtirokida "Sport nafislik-sog'lomlik manbai" shiori ostida har bir tumanda sport bo'limlari, ichki ishlar boʻlimlari bilan hamkorlikda tonggi yurish va badantarbiya mashqlari oʻtkazilishi belgilangan.
882Qonunchilik hujjatlariga «xotin-qizlarni taʼqib etish» tushunchasi kiritiladi. Bu boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralarga kelishish uchun yuborildi. Hozirgi kunda vazirlik va idoralardan mazkur loyiha yuzasidan takliflar olinmoqda. Mazkur hujjat bilan, shuningdek: tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan bir yil muddatgacha berilishini belgilash; ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish; yaqin qarindoshi boʻlgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish; shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, shaʼni va nomusini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash kabi qator normalarni kiritish koʻzda tutilmoqda. Adliya vazirligi tomonidan 2021 yilda «Gender-madad» elektron huquqiy maslahatchi platformasi ishlab chiqildi. Ushbu platformaga xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli mavzularga oid maʼlumotlar bazasi joylashtirildi. Mavzular quydagilardan iborat: Ayollar huquqiy himoyasi; Gender tenglik; Ayollarga imtiyozlar; Oilaviy munosabatlar; Oilaviy zoʻravonlik; Xalqaro tashkilotlar Gender tengligiga erishish strategiyasi. Bundan tashqari, platforma orqali gender masalalar boʻyicha huquqiy borada maslahatni onlayn chat orqali olish tizimi yoʻlga qoʻyildi. «Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy» doirasida tashkil etilgan sayyor qabullarda jami 1400 dan ziyod xotin-qizlarning muammolari eshitildi.
824